Treninglar kimlar uchun?
Kun tartibini saqlash qiyin bo'lgan o'smirlar uchun: kech yotadi, telefonda ko'p o'tiradi, o'qishdan orqada qoladi yoki motivatsiyani yo'qotadi. Ota-onalar treningni farzandi bilan birga tanlashi mumkin.
Qanday to'layman?
Payme orqali onlayn: Uzcard, Humo kartasi yoki Payme ilovasi bilan. To'lov tasdiqlangach, trening avtomatik ochiladi.
Bu psixoterapiyami?
Yo'q. Bu odatlar va kun tartibi haqidagi amaliy treninglar. Agar o'smir jiddiy qiyinchilikni boshdan kechirayotgan bo'lsa, shifokor yoki psixologga murojaat qiling.
Nechta qurilmada ko'rish mumkin?
3 tagacha qurilmada. To'rtinchisidan kirsangiz, qaysi eski qurilmani almashtirishni tanlaysiz.
Jonli mashg'ulotlar qanday o'tadi?
To'g'ridan-to'g'ri brauzerda. Birinchi mashg'ulotdan oldin kamera, mikrofon va internetni aloqani tekshirish sahifasida sinab ko'ring.